Murojaat qilish tartibi

Hurmatli foydalanuvchi!

Oʼzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida»gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Siz ham Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilmoqchi boʼlsangiz, oʼz murojaatingizni quyidagi usullar bilan yoʼllashingiz mumkin: 

- pochta xizmati orqali yuborish (Manzil: Toshkent shahar., Yashnobod tumani, Fargʼona yoʼli koʼchasi 25-uy indeks 100105); 

- vazirlikka tashrif buyurib, shaxsan taqdim etish; 

- toʼgʼridan-toʼgʼri elektron  shaklda murojaat qoldirish. 

Murojaatlar Qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda koʼrib chiqiladi.