Sayt test rejimida ishlayapti! Sayt test rejimida ishlayapti! Sayt test rejimida ishlayapti!

Muassasalar zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta`minlanmoqda

Jazoni ijro eish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarga davolash profilaktika yordami va sanitariya tadbirlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jumladan, tizimdagi barcha muassasalarda tibbiy yordam kurslari kunu-tun amalga oshiriladi. Har bir JIEK va TH larida davolash profilaktika yordam ko’rsatish bo’limi tashkil topgan. Ushbu bo’limlarda jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarni sog’ligini saqlashga qaratilgan chora - tadbirlarni amalga oshiradi. Jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarga ixtisoslashgan yordam, mahkumlarga mo’ljallangan ixtisoslashgan kasalxonada amalga oshiriladi. Ushbu kasalxonada 20 dan ortiq turli hildagi bo’limlar mavjud. Kasalxonada kasallikka tashxis qo’yishda tashxisod bo’limining o’rni alohida hisoblanadi. Jumladan, bo’limda reoensoflografiya, exoensoflografiya, qon tomirlar dopleroflografiyasi, elektrokordiografiya, ichki a`zolarni xatra tovush tekshiruvi, tranxoskopiya, tsitoskopiya, rektoramanaskopiya, ezogastrofibroduadoskopiya kabi tekshiruvlar o’tkaziladi. Kasalxona sharoitida labarator tashxisod ham rivojlantirilgan. Jumladan, kasalxona sharoitida klinik, bioximik hamda immunologik labaratoriyalarining ishlashlari yo’lga qo’yilgan.