Сайт работает в тестовом режиме! Сайт работает в тестовом режиме! Сайт работает в тестовом режиме!

Qo’li gul mahkumlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgust kunidagi 3200-sonli "Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish  chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qarori ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda alohida o’rin tutganligini e`tirof etish joiz.

Jumladan, qarorda belgilangan vazifalar doirasida jazoni ijro etish tizimi faoliyati tubdan takomillashtirilib, mahkumlar salohiyatidan samarali foydalanish va ularni ish bilan ta`minlash maqsadida ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish amaliyoti yo’lga qo’yilgan. Tizim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilinganidan so’ng bu boradagi ishlar yanada takomillashtirildi.

Xususan, muassasalar huzurida davlat unitar korxonalari tashkil etilib, ayni paytda ishlab chiqarish quvvatlarini keng miqyosda yangilash va modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyadarni joriy etish orqali faoliyatni rivojlantirish, shu jumladan mahkumlarga qo’shimcha ish o’rinlari yaratish masalalariga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

 

Mebel ishlab chiqarish tsexlariga zamonaviy yog’och kesish va unga ishlov berish uskunalari, tikuv tsexlariga tikuv mashinalari, paypoq to’qish va naqsh bosish dastgohlari, parrandachilik fermalariga inkubatorlar xarid qilinib foydalanishga topshirilganligi shular jumlasidandir.

Ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mahsulotlar, ayniqsa qurilish mahsulotlari va mebel jihozlari yuqori sifati va narxining arzonligi bilan xaridorlarga manzur bo’lib, ularga nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham talab ortib bormoqda. Ushbu fikrlarimizga qurilish mahsulotlarining qo’shni davlatlarga eksport qilinayotganligi yaqqol misol bo’laoladi.