Сайт работает в тестовом режиме! Сайт работает в тестовом режиме! Сайт работает в тестовом режиме!

Muassasalarda mahkumlarga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam.

Hech birimizga sir emas, o’tgan 2017 yil mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Aynan shu yili qabul qilingan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmon esa davlat va jamiyatning jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirishga xizmat qildi. Eng asosiysi hujjatda o’z aksini topgan chora-tadbirlar inson huquq va manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, optimal ravishda amalga oshirilishini ta`minlamoqda.

Bu, albatta, ichki ishlar organlari tizimi, xususan vazirlik jazoni ijro etish bosh boshqarmasi faoliyatiga ham daxldor bo’lib, o’tgan davr mobaynida soha faoliyatiga doir qator qarorlar qabul qilindi, albatta ularning tub negizida bilib bilmay jinoyat sodir etgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini to’laqonli ta`minlash, jazo muddatini o’tash sharoitini yanada yaxshilash masalasi alohida o’rin tutdi.

Jumladan, o’tgan davr mobaynida tizim muassasalarining tibbiyot bo’limlari bugungi kun talablari asosida qayta qurildi, ba`zilari kapital ta`mirlanib, ayrimlari to’liq rekonstruktsiya qilindi. Eng so’nggi, zamonaviy rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bir so’z bilan aytganda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

 

Ayni kunlarda barcha jazoni ijro etish muassasalarida  jazo muddatini o’tayotgan shaxslar O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash qonunchiligi va Ichki ishlar vazirligining me`yoriy hujjatlari asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda.

Maxsus kontingent o’rtasida sog’lom turmush tarzi va sanitar-gigienik madaniyatni targ’ib qilish, kasalliklarni erta aniqlash va to’g’ri tashxis qo’yish, samarali davolash va sog’lomlashtirish tadbirlari dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirga jazoni ijro etish bosh boshqarmasi hamda mahkumlarga mo’ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaning malakali shifokor-mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh jalb etilgan bo’lib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik jarayonida tekshiruvlarning sifat va samaradorligiga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha 11 nafar malakali mutaxassisdan iborat ishchi guruh Toshkent viloyatida joylashgan UYA 64/45-muassasada bo’lib, jazo muddatini o’tayotgan shaxslarni to’liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. YAna bir e`tiborli jihati tekshiruvlar jarayonida eng so’nggi, zamonaviy maxsus tibbiy asbob-uskunalar va innovatsion texnologiyalardan keng foydalanildi.